10:56 / 09.12.2019
2 364

Fors Ko‘rfazi Kubogi-2019. Bahrayn – S.Arabistoni o‘rtasidagi final taqdirini yagona gol hal etdi

Fors Ko‘rfazi Kubogi-2019. Bahrayn – S.Arabistoni o‘rtasidagi final taqdirini yagona gol hal etdi
Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan 24-Fors Ko‘rfazi Kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Hal qiluvchi uchrashuvda Bahrayn termasi Saudiya Arabistoniga qarshi to‘qnash keldi. O‘yinning 69-daqiqasida Muhammad al-Romayhi tomonidan kiritilgan gol bahraynliklarga minimal g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa, mazkur terma jamoa o‘z tarixida ilk bor Fors Ko‘rfazi Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Saudiya esa 7-marotaba finalda yutqazdi. Ularning hisobida uchta titul bor edi.

Fors Ko‘rfazi Kubogi-2019. Final.
“Abdulloh bin Halifa” nomidagi stadion.

Bahrayn – Saudiya Arabistoni 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
Muhammad al-Romayhi 69
Amalga oshirilmagan penalti: Salmon Al-Faraj 12

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fors Ko‘rfazi Kubogi-2019. Bahrayn – S.Arabistoni o‘rtasidagi final taqdirini yagona gol hal etdi