13:20 / 09.12.2019
2 317

Oʻzbekistonda Kriket federatsiyaci tashkil etildi

Oʻzbekistonda Kriket federatsiyaci tashkil etildi
Foto: Getty Images
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Kriket federatsiyacini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, mazkur tashkilotning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda kriket sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, uning mavqeini har tomonlama oshirish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat hisoblanadi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi “Maqom maktabi” ilmiy-tadqiqot markazini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda maqom sanʼatini yanada rivojlantirish, maqom sanʼatining davr talablariga mos repertuarlarini shakllantirish hamda maqom ijrochilariga qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratishdan iborat hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonda Kriket federatsiyaci tashkil etildi