Ma’lumki, yurtimizda murabbiylarning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bir guruh mutaxassislarimizga «Pro» litsenziyasi uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda va bu bir nechta modullarni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi modulda esa murabbiylar xorijda malaka oshirishi belgilab qo‘yilgandi.
Shu bois «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, «Paxtakor» klubining sport direktori Ja’far Irismetov hamda ushbu klubning murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan Jasur Abduraimov ayni paytda Turkiyaning yetakchi klublaridan biri hisoblangan «Beshiktosh» klubida o‘z malakalarini oshirmoqdalar. U yerda ushbu jamoaning mashg‘ulotlari, o‘yinlari, futbol tizimi va yana boshqa masalalar bo‘yicha o‘zlari uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirmoqdalar.
Bu haqda Ja’far Irismetov o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.
E’tiborlisi, Irismetov «Beshiktosh» klubining bosh murabbiyi Abdulla Avchi bilan uchrashgan va unga o‘zbekona zarbof to‘n sovg‘a qilgan. Irismetovning ma’lum qilishicha, vakillarimiz Turkiyada 14 dekabrga qadar malaka oshiradilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi