18:38 / 10.12.2019
2 729

Anzur Ismoilov “Paxtakor” bilan muzokara oʻtkazdi, u Simichning oʻrnini egallashi mumkin

Anzur Ismoilov “Paxtakor” bilan muzokara oʻtkazdi, u Simichning oʻrnini egallashi mumkin
Ushbu mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilgan Anzur Ismoilov kelasi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin.

“Temiryoʻlchilar” bilan amaldagi shartnomasi nihoyasiga yetayotgan tajribali himoyachiga “Paxtakor” klubi qiziqish bildirgan. 2020-yilda katta maqsadlarni koʻzlayotgan klub rahbariyati Anzur Ismoilov bilan bu borada muzokara oʻtkazgan.

Oʻzbekiston milliy jamoasi sobiq himoyachisi “Paxtakor”da bu yil shartnomasi tugagan va jamoani tark etishi kutilayotgan chernogoriyalik markaziy himoyachi Marko Simichning oʻrnini egallashi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Anzur Ismoilov 2019-yilgi mavsumda Superligada eng koʻp – 26 oʻyinda, toʻliq 2340 daqiqa toʻp surgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilov “Paxtakor” bilan muzokara oʻtkazdi, u Simichning oʻrnini egallashi mumkin