Foto: BBC Sport
«Napoli» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
«Klub prezidenti Aurelio De Laurentis va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi do‘stona munosabat va o‘zaro hurmat o‘zgarmaydi», - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
60 yoshli italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi so‘nggi o‘yin - Chempionlar ligasi 6-turidagi «Napoli» - «Genk» (4:0) uchrashuvidagi g‘alaba bilan Neapol klubi YeChL guruh bosqichidan pley-offga yo‘llanma olgandi. Uchrashuvdan keyin Anchelottining iste’foga chiqarilgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, «Napoli» Italiya A Seriyasida 7 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya qayd etib, turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti «Napoli»da 2018 yilning may oyida ish boshlagandi. Uch yillik shartnomaga qaramay, italiyalik tajribali mutaxassis qoniqarsiz natija va klub ichki muhitidagi salbiy vaziyat sababli klubni muddatdan oldin tark etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi