11:58 / 11.12.2019
3 270

O‘zbekistonga oid reklama APL o‘yinlariga qanday va kim orqali qo‘yildi, u qanchaga tushdi?

O‘zbekistonga oid reklama APL o‘yinlariga qanday va kim orqali qo‘yildi, u qanchaga tushdi?
Angliya chempionatining o‘tgan yilgi o‘yinlarida “Hayot juda qisqa, O‘zbekistonga tashrif buyuring” shiori ostida maydondagi tabloda reklama ketdi. Ushbu voqea katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

“Youtube” ijtimoiy tarmog‘idagi “Ular” loyihasida O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi vazifasida ishlagan Behruz Hamzayev mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida Behruz Hamzayev APL o‘yinlarida ketgan reklama qanday qo‘yilgani, kim orqali va qancha pulga tushgani borasida ma’lumot berdi.

- Futbol dunyodagi eng ko‘p ko‘riladigan sport turi, APL jahondagi ko‘p ko‘p tomosha qilinadigan chempionat hamda eng ko‘p translyatsiya qilinadigan liga hisoblanadi. Futbolni ashaddiy muxlislari juda ko‘p. Bu o‘yinlar rasmiy tarzda dunyoning 170dan ortiq davlatida namoyish etiladi va 500ga yaqin norasmiy telekanallar orqali qo‘yiladi. APLning 4 ta o‘yinida “Hayot juda qisqa, O‘zbekistonga tashrif buyuring” shiori ostida maydondagi tabloda reklama ketdi. Bizning ushbu reklamamizdan keyin Bahrayn ham shunday usulni qo‘lladi. Bu bilan biz futbol uchrashuvlarida mana shunday reklama qilishning trendini yaratdik.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha videoni ko‘rsatilishining total raqami 127 soatni tashkil qildi. Ya’ni takroriy lavhalar, gollarda va boshqa hollarda O‘zbekiston nomi chiqqan.

Qanday erishdik? Har doim har xil kommunikatsion kanallarni qidiramiz. O‘zbekistonni reklama qilish bitta odam yoki bitta qo‘mitaning qo‘lidan keladigan narsa emas. Ajoyib jamoamiz bor marketing boshqarmasida. Ular bilan birga APL borasida ma’lumotlarni qidirib topib, aloqaga chiqdik. Angliyaliklar bilan keyingi yili shuncha o‘yinda reklama qilamiz deb kelishdik. Ular bo‘ldi deb, pulini chiqarib berishdi.

Bu 2017 yili bo‘lgan holat. Narxi 200 ming funt sterlingdan boshlab, 1 milliongacha. Buni raisimizga ko‘rsatdik, ularga ma’qul keldi, kelishildi. Summa kattaligi bois pul ajratilishi uchun kechadigan jarayon ancha cho‘ziladi. Davlatdan pul olish oson emas. Barchasining o‘z qoidalari bor. Lekin o‘yinlar tugab qolyapti, APL vakillari reklamani berish kerak va biz buni hozir qo‘yishimiz lozim deyishdi.

Shunda biz tezlik bilan maydon chetidagi tabloda esda qoladigan reklamani o‘yladik, bizda 65 ta davlatga viza ochiqligi uchun “Hayot juda qisqa, O‘zbekistonga tashrif buyuring” hamda “Visa free”ni beradigan bo‘ldik. Shularni tayyorlab, yubordik. Ularga ma’qul keldi va men aytdimki, rahbarlar ruhsat berishsa boshlaymiz dedim. Lekin vaqt kamligi va reklama qo‘yish jarayoni ham vaqt talab qilishi bois ular menga buni qo‘yishga sening ishonching komilmi, deb so‘rashdi. Men, albatta, dedim. Bo‘ldi unda qo‘yvoramiz deyishdi. O‘yinga 2 kun qoldi, biroq pul ajratilishi jarayoni 3 hafta ekan.

Shuning uchun reklama qo‘yadiganlarga telefon qilib, vaziyatni tushuntirdim, reklamani olinglar dedim o‘yinga bir kun qolganda. Ular aytishdiki, bugun shanba, ofisda hech kim yo‘q, sening reklamang stadionda turipti, reklamangni hozir ololmayman dedi va men senga ishondim deb aytdi. Bo‘ldi, sizni tushundim, lekin siz davlatimiz to‘g‘risida yomon xayolga borib qolmang, pulini beraylik, keyin reklamani qo‘yaylik deb aytdim. Ammo ular kunlaring yaxshi o‘tsin, men menejerim bilan gaplashdim va ular reklamani hozir qo‘yib yuborishimga rozim bo‘lishdi, deb aytdi. Shunda sizlar ham ko‘rasizlar, reklama qanday ketganini dedi.

Reklama chiqishiga ishonmay xizmat yuzasidan o‘sha kuni Dubayga ketdim. Maydondagi tablosida reklamamiz chiqdi. Shunda har xil gap so‘zlar tarqaldi, bu reklamani Usmonov qo‘ygan va hokazo.

Bizdagi pul ajratilishi jarayoniga qadar 27-tur o‘yinlari yakunlandi. Pulini gaplashish uchun telefonda ular bilan bog‘landim va yana qo‘yish bo‘yicha kelishmoqchi edik. Biroq angliyaliklar bu narx keyingisida farq qilishini, bir safar bizga shunaqa arzonroqqa to‘g‘ri kelib qolganini aytishdi. Unda biz bunisini pulini beramiz deganimda ular aytishdiki, bu reklama bizdan sovg‘a deyishdi...

Biz ular bilan yana hamkorlik qilish bo‘yicha rahbarlarimizdan ruhsat olganmiz va hal qiluvchi o‘yinlarda reklama qo‘yishni rejalashtiryapmiz, - dedi Behruz Hamzayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonga oid reklama APL o‘yinlariga qanday va kim orqali qo‘yildi, u qanchaga tushdi?