11:45 / 11.12.2019
3 517

Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o‘tdi?!

Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o‘tdi?!
Xabaringiz bor, ancha vaqtdan beri Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z safini yanada kuchaytirish, bu borada "sherlar" e’tiborlarini Emmanuel Adebayorga qaratganliklari borasida xabarlar tinmayapti.

Internet qidiruv tizimi wikipedia Emmanuel Adebayorni "Paxtakor"ga o‘tganini ma’lum qildi. Hujumchi 2020 yildan boshlab toshkentliklar sharafini himoya qilishi ko‘rsatilgan. Ammo hozircha klub transfer borasida ma’lumot bermadi.

Ma’lumot o‘rnida, bir necha kun oldin Adebayor Turkiya Superligasida "Kayserispor" safidagi oxirgi o‘yinini o‘tkazganini ma’lum qilgandi. U ushbu jamoa safida 2019 yilda 8 o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urdi xolos.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshlik futbolchi faoliyati davomida, "Arsenal", "Manchester Siti", "Real" va "Tottenxem" kabi nomdor jamoalarda to‘p tepgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o‘tdi?!