18:54 / 11.12.2019
2 373

"El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin

"El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin
La Sexta nashrining xabar berishicha, Kataloniya politsiyasi La Liganing 10-turidan o‘rin olgan, Kataloniyadagi vaziyat tufayli 18 dekabrga qoldirilgan "Barselona"-"Real Madrid" uchrashuvidan xavfsirashmoqda. Huquqni muxofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, ular bu uchrashuvning xavfsiz o‘tishini kafolatlay olishmaydi.

"Mossos d'Esquadra"(Kataloniyaning politsiya avtonom kuchlari)dagi manbaning La Sextaga xabar berishicha, politsiya xodimlarining yetishmovchiligi sababli "Real Madrid" avtobusining manzil bo‘ylab xavfsiz xarakatlanishini ta’minlab bera olishmaydi.

Shu sababli politsiyaning fikricha, bu o‘yinni o‘tkazish mumkin emas. Vaziyatni qiyinlashtirayotgan yana bir sabab, Barselonada oktyabr oyida boshlangan namoyishlar, "el-klasiko" kuni ham bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin