21:43 / 11.12.2019
2 573

Abror Tursunpo‘latov: "Raqib o‘zgardi xolos, jang maqomi emas!"

Abror Tursunpo‘latov: "Raqib o‘zgardi xolos, jang maqomi emas!"
Ma’lumki, Rio Olimpiadasi chempioni, professional boksning super yengil (-63.5 kg) vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz Fazliddin G‘oyibnazarov (7-1, 4 KO) Qozog‘istonning Almati shahrida 16 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

U aslida argentinalik Mauro Godoyga ( 32-5-1,17 KO) qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, Mauro ushbu jangni oz muddat qolganda rad etgan va uning o‘rniga tezlik bilan meksikalik Xaver Merkado (26-15-2, 23 KO) topilgan.

Mazkur masala yuzasidan ushbu bokschimiz murabbiyi Abror Tursunpo‘latovga bog‘lanib, mavjud vaziyatlar haqida ma’lumot olishga harakat qildik.

- Abror aka raqib o‘zgarishining asl sababi nimada?
- To‘g‘risi, bu bizga ham ma’lum emas. Negadir oz vaqt qolganda bu jangni rad qildi.

- Baribir argentinalik bokschining natijalari yaxshiroq edi. Shu nuqtai nazardan ushbu jangga bo‘lgan e’tibor, qiziqish biroz susaymasmikan?
- Bunday o‘ylamayman.

- Ayniqsa, Fazliddin ishtirokidagi jang jahonga mashhur ESPN telekanali orqali translyatsiya qilinishi kerak edi. Barchasi rejadagidek bo‘ladimi?
- Albatta. Shunchaki raqib o‘zgardi xolos. Jang o‘sha maqomda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Tursunpo‘latov: "Raqib o‘zgardi xolos, jang maqomi emas!"