WBC yangilangan reytingida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi

  • 11 dekabr 2019, 23:40
  • 948
  • Sport
  • WBC yangilangan reytingida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi
    Butunjahon boks kengashi (WBC) noyabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz nashri xabar bermoqda.

    Ahamiyatli tomoni, yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yangi reytingda bir oy oldingi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 10-o‘rinlarni egallab turibdi.

    Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) esa oldingi pog‘onasini saqlab qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko‘rsatilmoqda.

    Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o‘zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana olti nafar o‘zbek bokschisi e’tirof etilgan.

    WBC kengaytirilgan reytingidan ilk marta Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) ham o‘rin oldi. Do‘smatov o‘tgan oyda debyut jangida ishtirok etib g‘alaba qozongani evaziga WBC tomonidan 34-o‘ringa munosib ko‘rildi.

    Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa yana bir pog‘ona yuqorilab 21-o‘rinda qayd qilingan bo‘lsa, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab 33-o‘rindan joy olgan.

    Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa bu oyda ikkita o‘rin pastlab, 30-pog‘onani band etib turibdi. Mazkur vaznning yana bir vakili WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa (5-1, 4 KO) bir pog‘ona pastlab 40-o‘rinda qayd qilingan.

    Shuningdek, yangilangan reytingda o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o‘rinni saqlab qolgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » WBC yangilangan reytingida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi