Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Paxtakor» markaziy stadionining buzilishiga nisbatan e’tirozlar bildirilmoqda. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.
Bu borada shuni ma’lum qilindiki, «Paxtakor» klubi rasmiy saytida stadionning aniq buzilish sanasi ma’lum emasligi haqida bayonot berilgan.
Unga ko‘ra, ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. «Paxtakor» klubi rasmiy saytida e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20 ga yaqin kompaniyalar o‘z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning eng so‘nggi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli yakuniy qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi.
«Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi», — deyiladi klub bayonotida.
Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, biroz avval «Paxtakor» futbol klubi matbuot xizmati bergan bayonotga ko‘ra, stadion qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘liq homiylar hisobidan qoplanishi ma’lum qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?