Toshkentdagi «Ramada» mehmonxonasida 23 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston milliy jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi. Serbiyalik Lyubinko Drulovich murabbiyligidagi jamoa avval BAAga yo‘l oladi. U yerda yig‘in o‘tkazgach, Tailanddagi Osiyo chempionatiga boradi va 9 yanvardan bahslarga kirishadi.
Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi o‘ynaladigan musobaqani «C» guruhida boshlaydigan O‘zbekiston 1-turni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘tkazadi. 12 yanvar kuni Xitoy, 15 yanvar kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi. Guruhdan ikki jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Chorak finalda g‘olib bo‘lganlar yarim finalda Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashadi. Osiyo chempionatida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni olgan jamoalargina Tokio olimpiadasiga yo‘llanma oladi.
Musobaqaga amaldagi chempion sifatida yo‘l olayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar olimpiya qo‘mitasi va O‘FA tomonidan tashkil etilgan tadbirda tantana bilan kuzatib qo‘yildi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqan DXX raisi va O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov futbolchilarga omad tiladi: «Barchangizga bo‘lajak musobaqada omad tilayman. Umid qilaman, yuzimizni yorug‘ qilib qaytasizlar. Sportchilarni rag‘batlantirish borasida hammasi joyida bo‘ladi»,— dedi Azizov.
Tadbirda mamlakatning mashhur sportchilari, murabbiylar, OAV xodimlari va sportchilarning ota-onalari qatnashdi. Mehmonlar uchun dasturxon tuzaldi va Qur’on tilovat qilinib, futbolchilarga omad tilandi. Tadbir oxirida Sevara Nazarxon o‘zining mashhur «Ulug‘imsan vatanim» qo‘shig‘ini kuylab, sportchilarga jo‘shqinlik bag‘ishladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi