12:08 / 18.12.2019
2 708

Kuperning xatosi, uni Babayan bilan farqi yoxud Berdiyevning muvaffaqiyat kaliti haqidagi fikrlari

Kuperning xatosi, uni Babayan bilan farqi yoxud Berdiyevning muvaffaqiyat kaliti haqidagi fikrlari
Kuch va kuchsizlikning asl mohiyati nimada?
Siz ko‘plab milliard insonlar ichida yagonasiz. Afrikalik habashmi, ko‘zi qisiq osiyolik yoki mallasoch yevropalik, bu narsalar futbolda mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi.

Har bir inson uchta muhim omil (faktor) - RUH, QALB va TANAdan iboratdir.
Agar ularni kuchli deb hisoblasangiz, siz haqsiz. Rostdan ham xuddi shunday!Agar biz kuchlimiz deb hisoblasangiz, siz haqsiz. Rostdan ham xuddi shunday!
Insonlarga faqat tanlash imkoniyati berilgan, xolos. Siz faqat tanlash uchungina mas’uldirsiz!

Qachonlardir, qayerdadir, Samvel Babayanni davridamikan, terma jamoa futbolchilari bilan olimpiada va jahon chempionlari bo‘lgan bir - biridan kuchli bizning pahlavon bokschilarimiz o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Yomonmas, yomonmas.... Ammo bitta uchrashuv bilan "bola" paydo bo‘lmaydi. Bitta uchrashuv bilan bokschilarimizning o‘ziga va o‘z oldiga qo‘ygan orzu - maqsadlariga bo‘lgan yuksak ishonchi futbolchilarimizga yuqib qolmaydi.

Samvel Babayanning bu qaroridan kelib chiqib fikrlaydigan bo‘lsak, bu - uni jahon futbolida qandaydir muvaffaqiyatga erishishni xohlaganini anglatadi. Ha, u xohlagan, ammo qanday? Bokschilarimiz futbolchilarimizdan nimasi bilan farqlanadi? Bir qarashda, ular hech narsasi bilan farq qilmaydi, ularni barchasi butun boshli mamlakat faxri! Lekin baribir ular nimasi bilandir farqlanadi. Buni biz his qilamiz va sezamiz.

Samvel Babayanning bosib o‘tgan yo‘li, erishgan muvaffaqiyatlari, obro‘si, nufuzi o‘sha paytda uni terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishiga to‘la mos kelardi. Samvel Babayan jamoa tashkil qilish, futbolchilar bilan o‘zaro munosabatni shakllantirish, boshqarish, tashkilotchilik, futbolchilarni taktik va jismoniy tayyorgarligi borasida bilimlari benazirdir, ammo bosh murabbiy sifatida G‘OYA va o‘z g‘oyasiga bo‘lgan ishonch, terma jamoa futbolchilariga g‘oyani singdirish va bu g‘oyaga nisbatan futbolchilarda ishonchni shakllantirish borasida hech qanaqa bilimga yoki tasavvurga ega emasdi.

Uni bu haqida bilmasligi uning aybi yoki gunohi emas. Nafaqat u, balki Marchelo Lippi (Xitoy), Fabio Kapello (Angliya, Rossiya) singari murabbiylar ham bu bilimdan mosuvo edilar. Bu bilim haqida hech kim bilmaydi. Va natija muvaffaqiyatsizlik.... Agar jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchray boshlasa, "jamoaga yangi qon kerak!" - deymiz. "Yangi qon" sifatida yangi futbolchilarni olib kelamiz. Yangi kelgan futbolchilar fikrlash nuqtai nazaridan olib qaraganda eskilaridan farq qilmasa ularni olib kelishdan nima ma’no bor!

"Yangi qon", bu - yangi g‘oya va bu g‘oyaga nisbatan futbolchilarda ishonchni shakllantirishni anglatadi. Men futbolga, futbolchilarga, murabbiylarga, jamoalarga, ularning muvaffaqiyat va muvaffqiyatsizligiga boshqa rakursdan qarayman va ko‘plab murabbiylarning katta tomoshasini ko‘raman.

Men tanqid qilmayapman, "axlat" titmayapman, qonuniyatga binoan tahlil qilayapman, xolos. Masalan, Ektor Kuperni ham tahlil qilishimiz mumkin. Futbolimiz rahbarlari Ektor Kuper bilan shartnoma imzolashganda, Osiyo kubogida terma jamoa oldiga hech qanday maqsad qo‘yilmaydi, bizning asosiy maqsadimiz terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqishdir, deyishgandi (shunaqa katta, oliy darajadagi musobaqa bo‘ladi-yu terma jamoa oldiga hech qanday maqsad qo‘ymaslikni o‘zi absurddan boshqa narsa emas!).

Keyin esa Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanishi oldidan, dabdurustdan Ektor Kuper: "Bizning Osiyo kubogidagi vazifamiz - chempion bo‘lishdir," - dedi. Chempion bo‘lish, bu - juda zo‘r g‘oya! Ammo, ancha kech. Agar Ektor Kuper mana shu g‘oyasini shartnoma imzolagan vaqtda aytganda futbolchilarimizda bu g‘oyaga nisbatan haminqadar ishonch shakllangan bo‘larmidi va nimadir sodir bo‘lardi, nimadir ro‘y bergan bo‘lardi. Chunki futbolchilarimizni biror-bir g‘oyaga nisbatan va o‘zlariga nisbatan ishonchni shakllantirish uchun vaqt eng muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ana endi solishtirib ko‘ring-chi, Samvel Babayan va Ektor Kuper fikrlash, jamoa oldiga maqsad qo‘yish nuqtai nazaridan olib qaraganda nimasi bilan farq qiladi? Ular bir biridan hech nimasi bilan farq qilmaydi. Faqat oladigan gonarari bilan farq qiladi! Fikrimga qo‘shilasizmi?

Ishonch nima va uning futbolchilarimiz qalbida shakllanishi, kuchga kirish jarayoni nimani anglatadi?
Bu nafaqat futbolchilarimizni jahon maydonlarida o‘zlarini qulay va ishonchli his kilishlarini, balki "yaratish jarayoni"ni ham anglatadi. Agar jamoa biror-bir o‘yinda g‘alaba qozonsa, omadimiz keldi, deb aytamiz. Mabodo biror-bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasak, omadimiz kelmadi, deb aytamiz.

G‘alaba va mag‘lubiyatni asoslay olmasak uning sabablarini omad yoki omadsizlik bilan izohlaymiz.
Aslida "omad" degan tushuncha mavjud emas, faqat "yaratish jarayoni" mavjud.

"Yaratish jarayoni", bu nima degani? Bu juda keng qamrovli mavzu. Bu "narsa"ni bitta kichkina maqolada ochib berib bo‘lmaydi. Buni ochib berish uchun balki 7 jildli kitob yozish kerakdir...
"Yaratish jarayoni", bu - tanganing ikkinchi tomoni... Bu - sir!

Unda tanganing birinchi tomoni nimani anglatadi?
Bu - futbolchilarimizni o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllanishini anglatadi. Albatta, futbolchilarimizda ma’lum bir ishonch shakllangan, lekin bu ishonch faqat futbolchining o‘zigagina ma’lum bo‘lgan doirada ishlaydi, holos. Ammo dunyo futboli bilan solishtirganda, bu ishonch haminqadar bo‘lib qoladi.

O‘zi futbolchilarimiz uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch nima uchun kerak? Shakllangan mahoratlarini har qanaqa darajada to‘la namoyish qilish uchun!
Ishonch bilan mahorat o‘rtasida qanaqa bog‘liklik bor? Ishonch futbolchining saviyasini belgilab beradi.

Futbolchining saviyasi deganda biz nimani tushunamiz?
Futbolchining saviyasi, bu - uni fikrlash qobiliyati, dunyo futbolida tutgan o‘rni va o‘z oldiga qo‘ygan orzu - maqsadlari bilan belgilanadi.

Futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi qanday shakllanadi?
Ishonchning shakllanish jarayoni MARVARID QONUNIga asoslanadi.

MARVARID QONUNI: Marvarid, qimmatbaho dur qanday paydo bo‘ladi? Shapaloqdek keladigan dengiz chig‘anog‘ining ichida molyuska bo‘ladi. Molyuskaning mayin tanasiga tasodifan dagal qumchalar tushganida, u o‘zini himoya qilib, bu begona narsalarni sadaf qatlamlari bilan o‘raydi va natijada, tabiiy qimmatbaho dur paydo bo‘ladi. ONG va Botiniy ongning ishlash prinsipi ham xuddi shunga o‘xshaydi. Siz ishonmaydigan fikrlar, bu - o‘sha, dag‘al qumchalardir. Ya’ni, dengiz chig‘anog‘ining katta qismi, bu Ongingiz. Molyuska - Botiniy ongingizdir.

Botiniy ongning vazifalaridan biri - Ongga tushgan har qanday fikrni ishonch bilan o‘raydi. Ya’ni MARVARID QONUNIga amal qiladi.

MARVARID KONUNI, bu nima degani? Bu - milliard, milliard dollar degani! Nima uchun bu qonunni pulga chaqib baholadim? Hammaga tushunarli bo‘lishi uchun! Chunki hammamiz pulning ahamiyatini, uning kuch - qudratini yaxshi bilamiz.

MARVARID QONUNI, bu - "bomba" (ko‘chma ma’noda) degani! Bu qonun butun dunyo futbolini ostin - ustun qilib yuboradi! Mubolag‘a to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas!

MARVARID QONUNI, bu - mohiyat. Bu - asos!

MARVRID QONUNI, bu - inson ruhiyatini ochib beruvchi kashfiyot! Bu kashfiyot o‘zbek xalqining, millatning mulki xisoblanadi. Undan faqat ezgulik va muvaffaqiyat uchun foydalanish mumkin.

Butun olam tartib ustiga qurilgan. Hamma narsa qonunga binoan sodir bo‘ladi. Shu jumladan, har bir insonda biror-bir fikr yoki g‘oyaga nisbatan ishonchning shakllanishi ham qonunga binoan yuz beradi. Siz biror-bir fikr yoki g‘oyaga nisbatan ishonchni shakllantirish uchun mas’ul emassiz. Siz biror-bir fikr yoki g‘oyani tanlash uchungina mas’uldirsiz.

Ana endi men aytmasamda tushunib yetgandirsiz bokschilarimiz bilan futbolchilarimiz orasidagi farqni. Boks bo‘yicha terma jamoamiz murabbiylari Marat Qurbonov, Raxmatjon Ro‘zioxunov va To‘lqin Qilichevlarning har biriga haykal qo‘ysang arziydi. Ular o‘zlari anglamagan holda tabiiy ravishda bu qonuniyatni ishga tushirib yuborishgan va natijani barchamiz ko‘rib turibmiz. Futbolchilarimiz uchun bu qonuniyatdan ongli tarzda foydalanib ular qalbida ishonchni shakllantirish mumkin. Buning uchun juda katta sarf - harajat yoki favqulotda katta vaqt sarflanmaydi.

O‘zbek futboli va futbolchilarining muammosi tizimda yoki qanaqadir formatda emas. Agar futbolchilarimizni o‘zlariga va biror-bir g‘oyaga nisbatan ishonchni shakllantira olsak har qanday tizim va formatlar to‘g‘ri kelaveradi. Format futbolimizni tartibga solish uchun, tizim esa futbolimizga bozor munosabatlarini shakllantirish uchungina zarur. Haqiqiy rivojlanish futbolchilarimiz ongida sodir bo‘ladi. Fikrimga qo‘shilasizmi?

Bir paytlar Nikolay poshsho Xiva xoniga ma’lum bir sabablarga ko‘ra sovg‘a - salomlar bilan birga foytun qo‘shib jo‘natadi. Xiva xoni bundan juda xursand bo‘lib: "Oq poshsho menga sovg‘a - salomlar bilan birga shu foytunni jo‘natibdi, uni otga qo‘shib minsam bo‘ladimi," - deb, o‘z ayonlaridan so‘rabdi.

Ayonlari esa: "Ey olampanoh, bu "shayton arava", uni kofirlar minadi," - degan ekanlar. Shundan buyon bu foytun hali hanuz Ichanqa’lada saqlanadi. Bir marta ham minilmagan! Agar Xiva xoni shu foytunni bir marta minib ko‘rganida bormi, komfortni, hashamatni his qilgan bo‘larmidi... Va o‘z ayonlarini siquvga olib, "menga ham shunaqasini yasab berasanlar," - deb, xarxasha qilgan bo‘larmidi... Va shunda rivojlanish sodir bo‘lgan bo‘larmidi... Hozirgi zamonda ham kashfiyotlarga, yangiliklarga bo‘lgan munosabat boshqacha deb o‘ylaysizmi? Hecham-da... Hozir ham kotiblar, kotibalar, noiblar, mutaxassislar kulib, jilmayibgina hurmatingizni joyiga qo‘yib hal qilib yuborishadi. Xongacha yetib borish mushkul vazifa hisoblanadi. Nimaga shama qilganligimni fahmladingiz, deb o‘ylayman.

"Qo‘qon - arava" bitta mixi ham o‘zgartirilmagan holda necha asr umr ko‘rdi!? Biz o‘z "Qo‘qon - arava"miz bilan foytunlarga qarshi musobaqalashmoqchi bo‘layapmiz. Hech kimnikiga o‘xshamaydigan o‘z "Foytun"imizni, dunyoda tengi yo‘q foytunni yaratish vaqti keldi! Shunday "Foytun" yarataylikki, ular uchqur otlarga qo‘shilganda barcha xalqlarni ortda qoldirsin! Eng qizig‘i nima, bilasizmi? Buni imkoni bor!

Murabbiy psixolog: Maxmayusuf Berdiyev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuperning xatosi, uni Babayan bilan farqi yoxud Berdiyevning muvaffaqiyat kaliti haqidagi fikrlari