23:13 / 18.12.2019
2 999

O‘zbekiston da’vogarlik qilayotgan 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligiga yana bir da’vogar qo‘shildi

O‘zbekiston da’vogarlik qilayotgan 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligiga yana bir da’vogar qo‘shildi
Filippin 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilmoqchi. Bu haqida mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Abraxam Tolentino kuni kecha nihoyasiga yetgan Janubiy Osiyo dengiz o‘yinlarining yopilish marosimida ma’lum qildi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, mamlakat ushbu musobaqani yuqori saviyada o‘tkaza oldi va endilikda 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish niyatida. Filippin bungacha 1954 yil Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun O‘zbekiston, Qatar va Hindiston mamlakatlari ham tashabbus bilan chiqqan edi.

Manba: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston da’vogarlik qilayotgan 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligiga yana bir da’vogar qo‘shildi