22:50 / 18.12.2019
2 654

O‘zbekistonlik yana bir bokschi professional ringda debyut qiladi

O‘zbekistonlik yana bir bokschi professional ringda debyut qiladi
Foto: Google Images
Boks bo‘yicha -75 kg vaznda O‘zbekistonnning amaldagi chempioni Odiljon Aslonov professional boksda debyut qiladi.
Sportchining «Daryo» muxbiriga ma’lum qilishicha, debyut jangi 21 dekabr, shanba kuni Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tadi.

Buxorodan bo‘lgan Aslonovga ushbu jangda rossiyalik Varazdat Chernikov raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, Chernikov shu kungacha prof boksda 25 ta jang o‘tkazgan. 11 ta jangda g‘olib bo‘lgan, 14 tasida esa mag‘lubiyatga uchragan.

Rossiyadagi boks oqshomining asosiy jangi mezbon Denis Lebedov hamda JAR vakili Tabiso Mchunu o‘rtasida kechadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yana bir bokschi professional ringda debyut qiladi