08:33 / 19.12.2019
2 474

Ronaldu va Messi Globe Soccer Awards mukofoti uchun kurashadi

Ronaldu va Messi Globe Soccer Awards mukofoti uchun kurashadi
Globe Soccer Awards mukofotiga nomzod futbolchilar va murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra "Barselona" forvardi Lionel Messi, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu, "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk va hujumchisi Muhammad Salohlar sayyoramizning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kurash olib borishadi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu sovrinni oxirgi 3 yilda Ronaldu qo‘lga kiritib kelmoqda.

Eng yaxshi murabbiy nominatsiyasi uchun esa Yurgen Klopp ("Liverpul"), Fernandu Santush (Portugaliya) va Erik ten Xaglar ("Ayaks") kurash olib borishadi.

Ma’lumot uchun, Globe Soccer Awards mukofoti 29 dekabr kuni Dubay shahrida tantanali tarizda topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Messi Globe Soccer Awards mukofoti uchun kurashadi