19:06 / 20.12.2019
3 127

O‘zbek shaxmatchisi xalqaro turnirda g‘olib chiqdi

O‘zbek shaxmatchisi xalqaro turnirda g‘olib chiqdi
Malayziyaning Penang shahrida shaxmat bo‘yicha “11th Penang Heritage City International Chess Open 2019 (Open Category)” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan xotin-qizlar o‘rtasida xalqaro grossmeysterlar Irina Gevorgyan va Sarvinoz Qurbonboyevalar ishtirok etishdi.

Nufuzli musobaqada boyovutlik mohir shaxmat ustasi Sarvinoz Qurbonboyeva xotin-qizlar o‘rtasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ardi.
Ma’lumot uchun, Sarvinoz Qurbonboyeva 20 karra O‘zbekiston chempioni hamda ko‘plab xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek shaxmatchisi xalqaro turnirda g‘olib chiqdi