20:50 / 20.12.2019
2 923

Maksim Shatskix «Rotor» klubi murabbiylar shtabiga kiritildi

Maksim Shatskix «Rotor» klubi murabbiylar shtabiga kiritildi
Foto: 1927.kiev.ua
Volgogradning «Rotor» klubi Aleksandr Xatskevichning bosh murabbiy qilib tayinlanganini e’lon qildi.

46 yoshli belaruslik mutaxassis 12 yanvardan boshlab ishga kirishadi. Unga murabbiylar shtabida hamyurtimiz Maksim Shatskix, shuningdek, jismoniy tarbiya murabbiyi Vitaliy Shpanyuk va darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Varivonchik yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Xatskevichning, shu jumladan uning shtabidagi Shatskixning so‘nggi ish joyi «Dinamo Kiyev» klubi bo‘lgan, shu yilning avgust oyida qoniqarsiz natijalar tufayli ular iste’foga chiqarilgan edi.

Volgoradning «Rotor» klubi Rossiyaning nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Futbol Milliy Ligasida (FML) ishtirok etmoqda. Jamoa 25 turdan keyin 52 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix «Rotor» klubi murabbiylar shtabiga kiritildi