14:53 / 22.12.2019
1 947

Vinisiusga APLning 6 klubi da’vogarlik qilmoqda

Vinisiusga APLning 6 klubi da’vogarlik qilmoqda
"El Desmarque" nashrining xabariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior bir qator klublarning transfer maqsadiga aylangan. Braziliyalik futbolchi "qirollik klubi" asosiy tarkibiga qo‘shila olmayapti, jamoaga Rodrigo olib kelingach, Vinisius to‘laqonli zahira futbolchisiga aylandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, unga Angliyaning "Tottenxem", "Vulverxempton", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Arsenal" singari klublari da’vogarlik qilishmoqda. Shuningdek, Juniorning sovchilari orasida PSJ va "Roma"ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt.de sayti ma’lumotlariga binoan Vinisiusning amaldagi transfer narxi 50 million yevroga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisiusga APLning 6 klubi da’vogarlik qilmoqda