16:25 / 22.12.2019
3 946

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Iroq bilan bahs yuritadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Iroq bilan bahs yuritadi
Bilasiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Olimpiyachilarimiz bugun yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra terma jamoamizga bugun Iroq olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Al Hamriya Sports Club Stadium" stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston va Iroq olimpiya terma jamoalari ushbu yig‘in doirasida 2 marta o‘zaro bahs yuritishadi. Ikkinchi o‘yin 25 dekabr kuni o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Iroq bilan bahs yuritadi