00:10 / 23.12.2019
2 611

"Latsio" "Yuventus"ni mag‘lub etib Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

"Latsio" "Yuventus"ni mag‘lub etib Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Hozirgina "Yuventus" va "Latsio" jamoalari o‘rtasida Italiya Superkubogi uchun kechgan o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Saudiya Arabistoni poytaxti "Qirol Saud" stadionida kechgan uchrashuvda rimliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, "burgutlar" o‘z tarixlarida 5-marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritishdi.

Yuventus – Latsio 1:3
Gollar:
0:1 – 16 Luis Alberto, 1:1 – 45 Dibala, 1:2 – 73 Lulich, 1:3 – 90 Kataldi.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Demiral, De Shilo (Kuadrado, 55), Aleks Sandro, Pyanich, Matyuidi (Duglas Kosta, 76), Bentankur, Iguain (Remzi, 66), Ronaldu, Dibala.
Latsio – Strakosha, Luis Felipe, Radu, Acherbi, Latssari, Luis Alberto (Parolo, 66), Leyva (Kataldi, 64), Lulich, Milinkovich-Savich, Korrea, Immobile (Kaysedo, 82).

Ogohlantirishlar: Matyuidi (9), Leyva (34), Bentankur (48), Luis Alberto (58), Kataldi (90).
Chetlatish: Bentankur (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Latsio" "Yuventus"ni mag‘lub etib Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi