17:30 / 23.12.2019
2 380

O‘zbekistonlik muaytaychi “MAS Fight” turnirida raqibini nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik muaytaychi “MAS Fight” turnirida raqibini nokautga uchratdi
Hamyurtimiz Mansurbek Tolipov muaytayning professional yo‘nalishi bo‘yicha “MAS Fight” turnirida o‘z janglarini o‘tkazayotganligi haqida xabar bergan edik. U avvalroq ushbu turnirda g‘alaba qozongan edi. Kecha, Kambodjada tashkil etilgan jang kechasida hamyurtimiz raqibini jangning ikkinchi daqiqasi o‘tayotgan bir pallada nokautga uchratib, ushbu turnirda ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Unda bitta durang ham bor.

Ma’lumot uchun, “MAS Fight” turniri yangi tashkil etilgan bo‘lib, g‘ayritabiiy tarzda o‘tkaziladi. Ya’ni, bir raund bo‘ladi xolos. Ushbu yagona raund 9 daqiqa davom etadi. Eng qizig‘i esa, 9 daqiqa mobaynida nokautga uchratgan tarzdagina g‘alaba qozonishingiz mumkin. Qolgan har qanday holatda ham durang qayd etiladi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik muaytaychi “MAS Fight” turnirida raqibini nokautga uchratdi