20:20 / 04.01.2020
2 648

«Nasaf» to‘purari va yarimhimoyachisi Vadim Abramovdan taklif oldi

«Nasaf» to‘purari va yarimhimoyachisi Vadim Abramovdan taklif oldi
Osiyo chempionlar ligasi pley-off o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Bunyodkor» klubi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Tribuna.uz sayti manbalariga ko‘ra, huquqiy jihatdan Muborakning «Mash’al» klubiga tegishli bo‘lgan, 2019 yilgi mavsumni Qarshining «Nasaf» klubida ijara asosida o‘tkazgan Humoyun Murtazoyev va Sardor Abduraimov «Bunyodkor» mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan. Klub bosh murabbiyi Vadim Abramov yarimhimoya va hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish uchun ushbu futbolchilarni jamoaga taklif etgan.

Sardor Abduraimov
Murtazoyev va Abduraimov «Bunyodkor»ga OCHL pley-off bahslari uchun qisqa muddatga «Mash’al»dan ijaraga olinganmi yoki to‘liq transfer qilinganmi – noma’lum.

Ma’lumot uchun, Humoyun Murtazoyev 2019 yilgi mavsumda Cuperligada barcha 26 o‘yinda ham maydonga tushib, 14 goli bilan to‘purarlar safiga ham qo‘shildi. Sardor Abduraimov esa 26 turdan 25tasida maydonga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» to‘purari va yarimhimoyachisi Vadim Abramovdan taklif oldi