15:13 / 12.01.2020
2 941

Zoir Mirzayev "Nasaf"ni qo‘llamoqda: Jamoaga legionerlar kelishi aniq bo‘ldi

Zoir Mirzayev "Nasaf"ni qo‘llamoqda: Jamoaga legionerlar kelishi aniq bo‘ldi
Tarnsfer oynasi ochilgach, "Nasaf"ni birin-ketin 6 futbolchi tark etganidan xabardorsiz.
Bo‘layotgan ishlardan xavotirga tushgan jamoa ishqibozlari keyinchalik Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayevning qabulida bo‘lib, "Nasaf" ni qo‘llab-quvvatlashni so‘rashgan edi.

Muxlislarning murojaatidan bir kun o‘tib, viloyat hokimi "Nasaf" bosh murabbiyi va bosh homiy "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" rahbari bilan uchrashdi.

"Nasaf" fan klubi a’zosi Maqsud Suvonovning ma’lum qilishicha viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishqibozlarning o‘rinli murojaatini yerda qoldirmagan. Endilikda "Nasaf" o‘z tarkibini shakllantirish maqsadida legioner futbolchilarni jamoaga taklif etishni boshlaydi. Ishonchli manbaning xabariga ko‘ra, ayni paytda "Nasaf" rahbariyati maydon markaziga, o‘ng qanot hujumiga va himoya chizig‘iga jami 4 nafar legioner futbolchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan legionerlar "Nasaf"ga Turkiyadagi yig‘inga jo‘nab ketishidan avval kelib qo‘shilishadi.

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar 5 fevraldan 18 fevralgacha Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zoir Mirzayev "Nasaf"ni qo‘llamoqda: Jamoaga legionerlar kelishi aniq bo‘ldi