15:45 / 14.01.2020
2 288

Endi Liga kubogi bahslarida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari qatnashishi mumkin

Endi Liga kubogi bahslarida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari qatnashishi mumkin
2019 yilda asos solingan Liga kubogi musobaqasi eshiklari Tojikiston va Qirg‘iziston klublari uchun ochiq.
Bu boradagi xat O‘FA tomonidan har ikki mamlakat futbol federatsiyalariga yuborildi. Musobaqaga tojik va qirg‘iz klublarining qo‘shilishi har taraflama foydali bo‘lishi mumkin.

Aytaylik, bizda bir necha yillardan buyon xalqaro o‘yinlardan chetda qolayotgan klublar bor. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro o‘yinlarga sekinlik bilan ko‘nikma hosil qilib boradi.

Qo‘shni respublika jamoalarining qo‘shilishi muxlislar sog‘ingan derbilarni qaytarishi mumkin. Dushanbe jamoalarining Samarqand yoki Buxoro klublari bilan to‘qnashuvlari, Qirg‘iziston jamoalarining vodiy klublari bilan o‘yinlari katta qiziqishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Jamoalardan biri qo‘shni mamlakatga safar etsa, ularni qo‘llash uchun yuzlab muxlislar ham safarga otlanishi katta ehtimol.

Homiylarning qiziqishi ortadi. Qur’a marosimlari va futbol uchrashuvlarini kamida ikki-uch mamlakat fuqarolari kuzatib borsa, o‘z xizmatlarini mana shu mamlakatlarga taklif qiladigan kompaniyalar turnirga qiziqish bildirishi mumkin.

Yildan-yilga translyatsiyalar masalasida o‘sishga intilayotgan Sport-TV uchun ham yangi marralar yaqinlashadi. Biz hamkorlikda qo‘shni mamlakatlar televideniyelari hamda federatsiyalari bilan aloqalarni yaxshilash bosqichiga o‘tamiz.

Liga kubogi har bir ishtirokchi mamlakat hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro o‘yinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda til muammosi deyarli ko‘zga tashlanmaydi.

Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Bu bilan biz o‘rta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega bo‘lamiz, CAFA mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar yanada iliqlashadi, - deb yozadi PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi Liga kubogi bahslarida Tojikiston va Qirg‘iziston klublari qatnashishi mumkin