19:25 / 14.01.2020
2 787

Xurshid G‘iyosov Janubiy Koreya klubiga o‘tmoqda

Xurshid G‘iyosov Janubiy Koreya klubiga o‘tmoqda
"Bunyodkor" yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov legionerga aylanishi mumkin, deb yozmoqda Shampionat.asia.
Yanvar oyi boshida PFL Xurshid G‘iyoosov "Bunyodkor" bilan 2020 yil dekabr oyiga qadar shartnomani uzaytirgani haqida xabar bergan edi. Ayni paytda "Bunyodkor" klubi BAAda xorij yig‘inini olib bormoqda. Klub bilan birga BAAga uchgan G‘iyosov Toshkentga qaytib keldi. Futbolchi yaqin orada Janubiy Koreyaga uchib ketadi va mahalliy klublardan birida ko‘rikdan o‘tadi.

Hozircha G‘iyosovning aynan qaysi klubda ko‘rikdan o‘tishi bizga ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, 2019 yilgi mavsumda Xurshid G‘iyosov Superligada 25ta o‘yinda maydonga tushib 12ta gol (7tasi penaltidan) urdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xurshid G‘iyosov Janubiy Koreya klubiga o‘tmoqda