18:55 / 16.01.2020
3 627

Shohjahon Ergashevning 18 yanvarda bo‘ladigan navbatdagi jangi raqibi tasdiqlandi

Shohjahon Ergashevning 18 yanvarda bo‘ladigan navbatdagi jangi raqibi tasdiqlandi
Kollaj: «Daryo»
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) Toshkent vaqti bilan 18 yanvar kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Shohjahonga ushbu jangda meksikalik 29 yoshli bokschi Adrian Estrella (29-4, 24 KO) raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ergashevning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqishi haqida xabar berilgandi. Biroq ushbu jang bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksdagi barcha 17 ta jangida g‘alaba qozongan. 15 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Meksikalik Estrella esa shu kungacha prof ringda 33 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘olib chiqqan. 24 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan. 4 ta jangda (2 tasi nokaut) esa mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevning 18 yanvarda bo‘ladigan navbatdagi jangi raqibi tasdiqlandi