22:39 / 16.01.2020
3 288

O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati chorak finalida BAAga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati chorak finalida BAAga qarshi o‘ynaydi
Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlanib, chorak finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Xabaringiz bor, kecha Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ «S» guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilgan edi.

Reglamentga ko‘ra vakillarimiz «D» guruhi g‘olibi yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishi belgilangan. Biroz avval yakunlangan 3-tur uchrashuvlaridan so‘ng BAA jamoasi kvartet peshqadamligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa yigitlarimiz 19 yanvar kuni chorak final bahsida BAA jamoasiga qarshi Bangkokda bahs olib boradigan bo‘ldi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Chorak finalning barcha juftliklari:

1. Avstraliya – Suriya
2. Janubiy Koreya – Iordaniya
3. Saudiya Arabistoni – Tailand
4. BAA – O‘zbekiston


Eslatib o‘tamiz, Olimpiya terma jamoamiz chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoni va Tailand jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati chorak finalida BAAga qarshi o‘ynaydi