08:48 / 17.01.2020
2 830

Konor Habib bilan jangdan 50 mln dollar ishlab olgan. Navbatdagi jangdan yanada ko‘proq topadi

Konor Habib bilan jangdan 50 mln dollar ishlab olgan. Navbatdagi jangdan yanada ko‘proq topadi
Foto: Getty Images
UFC’ning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor 2018 oktabrida Habib Nurmagomedov bilan bo‘lgan jangdan 50 million dollar ishlab olgani haqida ma’lum qildi.

Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, 19 yanvar kuni Donald Serronega qarshi o‘tadigan jangdan u 80 million dollar ishlab topadi. Bu esa Konorning faoliyatidagi eng katta gonorar hisoblanadi. Qayd etish joiz, bu mablag‘ni hisoblashda jang uchun beriladigan 5 million dollardan tashqari pulli translyatsiyalardan tushadigan ulush ham hisoblangan.

Irlandiyalik sportchi Ariel Helvaniga bergan intervyusida 35 yoshga to‘lganida milliarderga aylanishi haqida ham aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor—Serrone jangi 19 yanvar tongida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Habib bilan jangdan 50 mln dollar ishlab olgan. Navbatdagi jangdan yanada ko‘proq topadi