11:37 / 18.01.2020
3 120

BAA murabbiyi: Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs

BAA murabbiyi: Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs
Xabaringiz bor, Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAA bilan kuch sinashadi.

Mazkur bellashuvdan bir kun oldin jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda raqib jamoa ustozi Skorza quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs. Raqibimiz kuchini bilamiz. Lekin biz tayyormiz. Tayyorgarlik yaxshi ketyapti. O‘zbekiston bizdan bir kun ko‘p dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston favorit.

Bizda ham tarkibda katta turnirlar tajribasiga ega o‘yinchilar bor. Ularning foydasi katta. Ertangi o‘yin masalasini bitta gol hal qilish mumkin. Omadga ham ko‘p narsa bog‘liq.

Mening fikrimcha, bu chempionatda jamoalar darajasi bir biriga yaqin. Guruhning o‘zida kuchli o‘yinlar bo‘ldi. Yaponiya chiqib ketdi masalan. Yoki Qatar bo‘sh o‘ynadi. O‘zbekistonga qarshi o‘ynashimiz mumkinligini taxmin qilish mumkin edi. Koreyani ham kuzatdik. Bu guruhda shu ikki jamoa chiqishini oldindan bashorat qilgandim
, - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, BAA - O‘zbekiston uchrashuvi 19 yanvar kuni "Rajamangala" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:15da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA murabbiyi: Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs