16:50 / 18.01.2020
2 534

Ole Gunnar Sulsher: "Biz "Liverpul"ni to‘xtata olamiz"

Ole Gunnar Sulsher: "Biz "Liverpul"ni to‘xtata olamiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher APLning 23-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bu biz qila oladigan spektakl bo‘ladi. Bizda o‘tgan mavsum "Manchester Siti" va PSJ jamoalariga qarshi katta o‘yinlar bo‘lgan edi. Endi esa ortga nazar tashlagan holda, "Ha, biz buni amalga oshira olamiz" deyishim mumkin.
Biz "Old Trafford"da "Liverpul" bilan ikki bor durang o‘ynadik. Biz ularga qarshi o‘ynashimiz mumkin bo‘lgan bir nechta variantlar bor.
"Enfild"da nimadir qila olish uchun qo‘shimcha daraja bo‘lishi kerak. Bu oddiy joy emas. U yerga borib, obro‘yimizni namoyish etishimiz va qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilishimiz kerak
", - deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ole Gunnar Sulsher: "Biz "Liverpul"ni to‘xtata olamiz"