23:48 / 18.01.2020
2 214

Kazemironing dubli «Real»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi

Kazemironing dubli «Real»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi
Ispaniya La Ligasi 20-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda «Real» «Sevilya»ni mag‘lub etdi.
Kazemironing 57, 69-daqiqalarda kiritgan gollariga de Yong faqat bitta gol bilan javob bera oldi – 2:1.

Ushbu g‘alaba bilan ochkolar sonin 43taga yetkazgan Zidan shogirdlari hozircha turnir jadvali peshqadamiga aylanib olishdi. «Sevilya» esa 35 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, «Barselona» ushbu turdagi uchrashuvni yakshanba kuni «Granada»ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga. 20-tur. 18 yanvar
Real Madrid – Sevilya 2:1
Gollar:
1:0 – 57 Kazemiro, 1:1 – 64 de Yong, 2:1 – 69 Kazemiro.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Militao, Marselo (Mendi, 71), Kazemiro, Modrich, Kroos, Vaskes, Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Yovich (Benzema, 62).
Sevilya – Vatslik, Navas, Diyego Karlos, Regilon, Kunde, Banega (Roni Lopesh, 80), Gudel, Fernando, Vaskes (Oliver Torres, 75), Munir (En-Nesiri, 66), de Yong.
Ogohlantirishlar: Modrich (37), Banega (54), Karvaxal (87), Kazemiro (88).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kazemironing dubli «Real»ga «Sevilya» ustidan g‘alaba keltirdi