Bugun Bangkokdagi «Rajamangala» o‘yingohida O‘zbekiston olimpiya jamoasi BAAga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18.15da boshlanishi lozim.
Uchrashuv juda katta ahamiyatga ega — dovga Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi tikilgan. G‘alaba qozongan jamoa bu yo‘llanmaga juda yaqin keladi.
Futbolchilarimiz bu uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani va shunchaki kundalik hayoti haqidagi fotosuratlar O‘FA matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
MOQ tomonidan xabar qilinishicha, vakillarimiz kecha kunning birinchi birinchi yarmida nonushtadan so‘ng kunduzgi sayr va yengil mashqlarni olib borishdi. Jamoamiz murabbiyi Lyubinko Drulovich esa tushda raqib murabbiyi bilan o‘yinoldi matbuot-anjumanida ishtirok etdi.
Kunning ikkinchi yarmida futbolchilarimiz bo‘lajak bahsdan avval so‘nggi mashg‘ulotga yo‘l olishdi. Murabbiylar shtabi ushbu mashg‘ulot orqali futbolchilarning tayyorgarligini har tomonlama tekshirib oldi. Mashg‘ulot yakuniga yetgach qisqa tiklanish muolajasi ham qabul qilindi.
Jamoa menejeri Aziz Do‘stmuhammedov bu vaqt oralig‘ida jamoamizning ertangi o‘yinga futbolchilarimizning barcha kiyimlarini tayyorlash bilan ovora. Darvoqe, terma jamoamiz bugun 18:15 da start oladigan bahsda ko‘k libosda harakat qiladi.
Yigitlarimiz mashg‘ulotda ancha ter to‘kkani aniq. Yo‘qotilgan energiyaning o‘rnini esa o‘zbekona taomlar qoplab beradi. Jamoamiz shu tariqa kechki ovqat bilan birga kechagi kunni ham yuqori kayfiyatda yakunladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi