15:38 / 19.01.2020
3 197

Abdurasul Ismoilov raqibini ayanchli holatga tushirib qo‘ydi (video)

Abdurasul Ismoilov raqibini ayanchli holatga tushirib qo‘ydi (video)
Hozirgina Janubiy Koreyada navbatdagi jangini o‘tkazgan -61 kg vazn toifasida faoliyat yuritadigan, iste’dodli professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov (7-6-1-0-3KO) xitoylik Nuo Min bilan 6 raundlik reyting jangining ikkinchi raundida jang to‘xtatildi.

Sababi, yurtdoshimizning ketma-ket aniq zarbalaridan so‘ng, xitoylik bokschi muvozanatdan chiqib, nokdaun holatiga tushdi va qaytib o‘zini tiklay olmadi. Shuning uchun, Nuo Minning murabbiylari ringga oq sochiq uloqtirishdi. Shunday qilib, Ismoilov navbatdagi g‘alabasida raqibini texnik nokautga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz: Ismoilov Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promousheni bilan hamkorlik qiladi. Ayni vaqtda Vetnamda Bobur Najmiddinov qo‘l ostida janglarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Quyida u qay tarzda raqibini mag‘lub etganini tomosha qilishingiz mumkin: VIDЕO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdurasul Ismoilov raqibini ayanchli holatga tushirib qo‘ydi (video)