17:38 / 19.01.2020
2 820

U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya - yarim finalda

U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya - yarim finalda
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya - Iordaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi taymda koreyaliklar Cho Guye Sung tomonidan urilgan gol orqali hisobni ochishdi. 76-daqiqada Yazan Al Naimat hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobid tugab borayotgan bir paytda 90+5-daqiqada Li Dong Kyong gol urib Janubiy Koreyani yarim finalga olib chiqdi - 2:1.

Janubiy Koreya yarim finalda Avstraliya bilan o‘ynaydi. Ikkinchi yarim finalda Saudiya Arabistonining raqibi BAA - O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

U-23 Osiyo chempionati. Chorak final. 19.01.2020
Janubiy Koreya - Iordaniya 2:1
Gollar:
Cho Guye Sung 16, Li Dong Kyong 90+5 - Yazan Al Naimat 76.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya - yarim finalda