21:00 / 19.01.2020
3 397

Lyubinko Drulovich: "Men baxtliman. Juda xursandman"

Lyubinko Drulovich: "Men baxtliman. Juda xursandman"
Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Unda terma jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- G‘alaba qozonganimizdan juda mamnunman. Lekin bu osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Raqib ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Darvozabonimiz uchrashuv boshida ajoyib seyv namoyish etgani uchun biz o‘zimizni qo‘lga oldik. Natijada muhim g‘alabani rasmiylashtirdik.

Men bu jamoa bilan 1 yildan beri ishlayapman. O‘zbekistonda noyabrda chempionat yakunlandi. Biz yaqindagina rasmiy o‘yin o‘tkazdik. Tabiiyki, sekin-asta o‘z formamizga kirib boryapmiz. O‘ylaymanki, keyingi bahsda ham futbolchilarni jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlay olamiz.

Gol o‘tkazib yuborganimizda ham g‘alaba qozonishimizga ishongandim. Shogirdlarimga to‘la ishonaman. Biz yirik hisobda g‘alaba qozonishimizni taxmin qilgandim. Keyingi bellashuvda ham chiroyli g‘alabalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Bugun O‘zbekiston Osiyo jamoalariga mos o‘yin ko‘rsatmadi, qaysidir tomoni bilan Yevropacha usulda o‘ynadi? Biz murabbiylar Serbiyadanmiz. O‘zim shunday o‘yin tarafdoriman. Shogirdlarimga bu borada ko‘rsatmalar beryapmiz. Ular esa uqtirganlarimizni yaxshi bajarishmoqda.

Saudiya Arabistoni bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida 2:2 hisobida durang o‘ynagandik. Bu gal esa navbatdagi uchrashuvga yetarlikcha hozirlik ko‘ramiz. Bahona emasku, lekin ular bizga qaraganda ko‘proq dam olishdi. Ammo biz bo‘lajak bahsda g‘alaba uchun maydona tushamiz
, - dedi Drulovich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lyubinko Drulovich: "Men baxtliman. Juda xursandman"