07:31 / 20.01.2020
2 483

Sanjar Qodirqulov: "Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo‘ldi"

Sanjar Qodirqulov: "Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo‘ldi"
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O‘zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Sanjar Qodirqulov mikst zonada o‘z fikrlarini bildirdi.
"Tashabbusga ega bo‘ldik va haqli ravishda g‘alaba qozondik deb o‘ylayman. Endi Olimpiadaga bir qadam qoldi.
Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo‘ldi, sababi aynan shundan keyin o‘yinni kuchaytirdik va gollar urdik.

Raqibdan kuchli ekanligimizni sezib turgandik. Chorak finalda ko‘p kuch ketsa ham, kam kuch ketsa ham yarim finalda yaxshi o‘ynash kerak. Xudo xohlasa Saudiya Arabistoni bilan o‘yingacha tiklanishga ulguramiz.

Yarim finalga chiqdik. Bu bosqichda kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Nasib qilsa g‘alaba qozonamiz
", - deydi Sanjar Qodirqulov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Qodirqulov: "Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo‘ldi"