09:24 / 20.01.2020
3 898

“$100 million bering” — Habibning otasi Konor bilan jang shartlarini ma’lum qildi

“$100 million bering” — Habibning otasi Konor bilan jang shartlarini ma’lum qildi
UFC o‘rta vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi hamda murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining irlandiyalik sportchi Konor MakGregorga qarshi jang o‘tkazishi shartini aytdi.

"Bizga Konor bilan yana bir jang kerak, faqat 100 million dollar bering. Toni Fergyuson bilan jangning ertasi kuni bu pulni bering va nega biz yana jang qilmasligimiz kerak?”- deydi Nurmagomedov.
19 yanvar tongida MakGregor amerikalik chempion Donald Serronega qarshi UFC 246da oktagonga chiqdi va raqibini nokautga uchratdi.

Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan jangda amaldagi chempion sifatida UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qiladi. Jang UFC 249 turniri doirasida 19 aprelda o‘tkazilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “$100 million bering” — Habibning otasi Konor bilan jang shartlarini ma’lum qildi