10:16 / 20.01.2020
2 153

"Barselona" Kike Seten boshqaruvidagi debyut o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

"Barselona" Kike Seten boshqaruvidagi debyut o‘yinda g‘alaba qozondi (video)
Leoning goli “Barselona”ga “Granada” ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu gol Messi uchun 2020 yildagi birinchisi bo‘ldi. Shu tariqa argentinalik hujumchi La Liga doirasida ketma-ket 16 yildan beri gol urayotgan ilk futbolchiga aylandi.
"Granada" uchrashuvning 69-daqiqasidan keyin Sanchesning chetlatilishi natijasida uchrashuvni kamchilikda tugatdi. Lionel Messi o‘yinning 76-daqiqasida Vidalning uzatmasini golga aylantirib, yangi murabbiy Setenning debyuti muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minladi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "Barselona"ning ochkolari soni 43taga yetdi va bu borada kecha "Sevilya"ni dog‘da qoldirgan "Real"ni quvib yetdi. Ayni paytda turnir jadvalida bir xil ochko to‘plagan ikki azaliy raqiblar orasida to‘plar nisbatiga ko‘ra "Barselona"yetakchilikni qo‘lga olgan.

Barselona – Granada 1:0
Gol:
1:0 – 76 Messi.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Buskets, Vidal (Artur, 83), Rakitich (Puch, 71), Fati (Karles Peres, 79), Messi, Grizmann.
Granada – Ruy Silva, Fulke, Xerman Sanches, Duarte, Dias, Vadilo (Puertas, 65), Gonalon, Eteki (Martines, 72), Aziz (Errera, 56), Machis, Fernandes.
Ogohlantirishlar: Machis (12), Xerman Sanches (59), Fernandes (72).
Chetlatish: Xerman Sanches (69).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" Kike Seten boshqaruvidagi debyut o‘yinda g‘alaba qozondi (video)