16:28 / 20.01.2020
2 603

Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
BAAning Abu-Dabi shahrida qishki yig‘inni o‘tkazayotgan "Paxtakor" bugun nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.
"Sherlar"ning bugungi uchrashuvdagi raqibi - hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Rostov" klubi. "Paxtakor" matbuot xizmati e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

"Paxtakor"ning keyingi nazorat uchrashuvlari 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalariga qarshi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi