06:00 / 21.01.2020
2 755

Osiyo chempionati U-23. Islomjon Qobilov to‘purarlar poygasida peshqadam

Osiyo chempionati U-23. Islomjon Qobilov to‘purarlar poygasida peshqadam
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAAni yirik 5:1 hisobida yengib, yarim finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi. Shulardan 3 tasi jamoa sardori Islomjon Qobilovga tegishli. Himoyachi gollarning barchasini penaltidan kiritdi va chempionat to‘purarlari qatorida yetakchilik qilyapti. Agar vakilimiz Xitoyga qarshi bahsda ikkinchi penaltidan darvozani ishg‘ol etganda, mutloq peshqadamga aylanardi.

Hozircha, musobaqada 3 gol urgan 4 o‘yinchi poygada peshqadamlik qilmoqda. Ular orasida hamyurtimiz yetakchi. Sababi qolgan 3 futbolchi musobaqa bilan xayrlashdi. Ular tailandlik Jaroyensak Vonggorn, iroqlik Muhammad Nassif hamda BAA futbolchisi Zayid Al Amiridir.

Terma jamoamiz yurishni davom ettirayotgani bois Islomjon Qobilovda bu natijani yaxshilash imkoniyati bor.

O‘zbekiston OTJda gol urgan futbolchilar:
Islomjon Qobilov – 3 (barchasi penaltidan)
Nurillo To‘xtasinov – 2
Bobir Abdixoliqov, Ilhomjon Alijonov, Oybek Bozorov, Jasurbek Yaxshiboyev – 1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati U-23. Islomjon Qobilov to‘purarlar poygasida peshqadam