22:35 / 22.01.2020
4 339

O‘zbekiston OTJning Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatiga ijtimoiy tarmoqlar munosabati

O‘zbekiston OTJning Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatiga ijtimoiy tarmoqlar munosabati
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailand mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo chempionatining yarim finalida Saudiya Arabistoniga 0:1 hisobida yengildi.

Lyubinko Drulovich shogirdlarining mag‘lubiyati ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning turli munosabatlariga sabab bo‘ldi. «Daryo» esa ushbu munosbatlarning eng e’tiborga moliklarini bitta sahifaga joyladi.

Taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov Eldor Shomurodov bo‘lishini orzu qildi. Kamiga olimpiyachilarning uchinchi o‘rin uchun bahsda g‘alaba qozona olishiga ishonch bildirdi

«Eldor Shomurodov uch daqiqa o‘ynab berganida edi...»
«Durang, yutdik, yutqazdik, yutdik, yutqazdik. Endi yutish navbati... Va bu haqiqiy Olimpiada yo‘llanmasi bo‘ladi. Insha Alloh!»

Skrinshot: «Daryo»

Muxlislar esa o‘zimizni aldashdan qachon to‘xtashimizni bong urmoqda
«O‘zimizni aldashdan qachon charchaymiz?»
«Biz qarsak chalish va o‘zimizni aldashni yaxshi ko‘ramiz»

Skrinshot: «Daryo»

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Avstraliya bilan to‘qnash kelishni xohlayotgan O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbol jurnalisti Qahramon Aslanov. Uning xohishi ijobat bo‘ldi :)
«Ishqilib, uchinchi o‘rin uchun Avstraliya bilan o‘yin bo‘lsin. Koreya «duximiz»ni olib bo‘lgan»

Skrinshot: «Daryo»

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovdan xafa bo‘lgan muxlis
«Ravshan Ermatovgayam qoyil qolmadim! Nima balo, hurmati yarim finalgacha o‘tadi, xolosmi? Bo‘lmapti. Bitta penalti qo‘yib bermadiya»

Skrinshot: «Daryo»

Olimpiadadan umidini uzgan muxlis
«Avstraliyani ham Koreyani ham yuta olmaymiz. Saudiya osonroq edi. Menimcha, Tokio yo‘llanmasi uxladi.»

Skrinshot: «Daryo»

Biz ham Olimpiadaga chiqqanmiz, faqat qarsak chalish bo‘yicha demoqda yana bir muxlis
«Qarsak chalish bo‘yicha Olimpiada yo‘llanmasini bizdan hech kim tortib ola olmaydi»

Skrinshot: «Daryo»

O‘yinning qayta o‘tkazilishi uchun boshini asfaltga urib yorib tashlashga tayyor muxlisning dodi
«Agar boshingni asfaltga urib yorsang, shu o‘yin qayta o‘tkaziladi deyishsa, ikkilanmay boshni g‘arsillatib yerga urib, qip-qizil qonga bo‘yab tashlardim»

Skrinshot: «Daryo»

Futbolni emas, ma’naviyatni yuksaltirishga da’vat qilayotgan muxlis
«Bugundan boshlab futbol tamom, qani baring qo‘lingga kitob ol. Ma’naviyatni yuksaltiramiz»

Skrinshot: «Daryo»

Futbolchi va murabbiylarga yetishmagan narsa haqida
«Bu bolalarda g‘alaba ruhiyati yo‘q. Yonmayapti, jonini bermayapti. Murabbiy ham bechora bashara, xarizma yo‘q...»

Skrinshot: «Daryo»

Xalq to‘lagan soliqlarni foydali ishga sarflashga chaqirayotgan bloger fikri
«Futbolchilar soliqlardan olgan oyliklarini qaytarishsin. Abgor ahvoldagi onkologiyaga yo‘naltiramiz o‘sha mablag‘ni!»

Skrinshot: «Daryo»

Yoshlar ittifoqi raisi, endilikda senator Alisher Sa’dullayev ham futbolga befarq emas. Hattoki, u ham terma jamoaga hujumchi kerak deya bong urdi
«Bizga yaxshi hujumchi kerak «srochno». Toshoynalarni qidirishni boshladik»

Skrinshot: «Daryo»

Futbolchilarning xayolida futbol emas, mashina bo‘lganligini kulgi ostiga oladi yana bir muxlis
«Bizniklarning xayolida final edi. Salga havolanadi. Semizlikni qo‘y ko‘taradi. Qanaqa mashina berarkin deb rosa o‘ylab xursand bo‘lib ketishgandir»

Skrinshot: «Daryo»

«Zato» bizda «Bunyodkor» stadioni bor
«Essiz vaqtim-a! Ochiq darvozagayam urolmadi. Nechta imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Eh mayli, «Zato» bizda «Bunyodkor» stadioni bor»

Skrinshot: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJning Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatiga ijtimoiy tarmoqlar munosabati