11:51 / 24.01.2020
2 588

Mag‘lubiyatdan so‘ng yana bir imkon berildi, bundan yaxshi motivatsiya bormi?

Mag‘lubiyatdan so‘ng yana bir imkon berildi, bundan yaxshi motivatsiya bormi?
Osiyo chempionati-U23 3-o‘rin uchun o‘yin oldidan O‘zbekiston hamda Avstraliya jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Lyubinko Drulovich jamoasi g‘alaba qozonishi kerakligini aytdi.

«Bu nafaqat biz uchun, balki butun O‘zbekiston uchun juda muhim o‘yin ekanini his qilib turibmiz. Raqib kuchli, ularda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Avstraliya 4-4-2 taktikasida o‘ynaydi. Nima bo‘lganda ham biz ertaga yutib olimpiadaga chiqishimiz kerak.

Yigitlarda motivatsiya katta. Hamma ertangi o‘yinning ahamiyatini bilib turibdi. Bizga mag‘lubiyatdan so‘ng olimpiadaga chiqish uchun yana bir imkon berildi. Bundan ortiq motivatsiya bo‘lishi mumkinmi? Biz o‘z imkoniyatlarimiz yuqori ekanini ko‘rsatishimiz kerak.

Kim yaxshiroq ekanini futbolchilar maydonda ko‘rsatishadi. Biz individual jihatdan yaxshiroqmiz va yigitlar buni maydonda ko‘rsatishlari kerak. Saudiya bilan o‘yinda ham juda ko‘p hujum qildik, lekin gol ura olmadik.

Doston U19 musobaqasida Avstraliyaga ikkita gol urgandi? Balki u ertaga ham gol urar, balki yana ikkita gol urar. Doston hozir yaxshi holatda. Ishoning, bu umuman boshqacha darajadagi o‘yin. Ertaga har ikki jamoa uchun qiyin bo‘ladi
»,— dedi Lyubinko Drulovich.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mag‘lubiyatdan so‘ng yana bir imkon berildi, bundan yaxshi motivatsiya bormi?