14:38 / 24.01.2020
2 532

“So‘g‘diyona” Braziliya va serbiyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi

“So‘g‘diyona” Braziliya va serbiyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi
Elivelto Ribeyro Dantos
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan “So‘g‘diyona” klubi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Braziliyalik yarim himoyachi Elivelto Ribeyro Dantos va serbiyalik himoyachi Marko Kolakovich 2020 yilgi mavsumni Jizzax klubida o‘tkazishadi. Shuningdek, “So‘g‘diyona” Shavkat Mullajonov ("Metallurg"dan), San’at Shixov (AGMKdan), Javohir Qahramonov (“Bunyodkor”dan), Bahodir Nasimov (“Dinamo”dan) kabi mahalliy futbolchilar bilan shartnoma tuzdi.

O‘tgan mavsumda “So‘g‘diyona”da o‘ynagan Milan Mitrovich, Jasur Hasanov va Ivan Nagayev klub bilan shartnomalarini o‘zaytirishdi.

Ma’lumot uchun:
Elivelto Ribeyro Dantos (Braziliya)
Ampluasi:
Yarim himoyachi.
Tug‘ilgan sanasi: 02.02. 1992

Marko Kolakovich (Serbiya)
Ampluasi:
Himoyachi
Tug‘ilgan sanasi: 09.02. 1993

"So‘g‘diyona" matbuot xizmati

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “So‘g‘diyona” Braziliya va serbiyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi