15:38 / 24.01.2020
3 308

U-23 Osiyo chempionati. Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvi hakami ma’lum bo‘ldi

U-23 Osiyo chempionati. Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvi hakami ma’lum bo‘ldi
OFK U-23 Osiyo chempionatining 3-o‘rini uchun bahsda ishlaydigan hakamlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Avstraliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuvni BAAlik Muhammad Abdulla Hassan Muhammad boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Ma’lumot uchun, Hassan Muhammad 1978 yilda tug‘ilgan va 2010 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.

U-23 Osiyo chempionati
Uchinchi o‘rin uchun bahs

Avstraliya - O‘zbekiston

25 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 17:30 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Ahmad Abdulla Al Hammadi va Hasan Muhammad Hasan Abdulla Al Mahri (ikkisi BAA)
To‘rtinchi hakam: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
VAR hakami: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali (BAA) va Hamis Muhammad Al Marri (BAA)

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati. Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvi hakami ma’lum bo‘ldi