15:12 / 24.01.2020
2 606

Tokio sari yo‘l: Uchinchi yo‘llanma O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasida hal bo‘ladi

Tokio sari yo‘l: Uchinchi yo‘llanma O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasida hal bo‘ladi
Tokio Olimpiadasiga Osiyo vakili sifatida boradigan ikkita jamoa aniq: Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni. Uchinchisi esa ertaga bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatining 3-o‘rin uchun kechadigan bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
O‘yin yakunida O‘zbekiston yoki Avstraliya olimpiyachilari uchinchi yo‘llanma sohibi bo‘lganini bilib olamiz.

O‘zbekiston hali Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan. Avstraliya esa oxirgi marta 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida qatnashgan. U-23 Osiyo chempionati yarim finalida bizni mag‘lub etgan Saudiya Arabistoni 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasidan so‘ng yana yo‘llanmaga ega chiqdi.

Janubiy Koreya olimpiya termasi ketma-ket 9-bor Olimpiadada ishtirok etadi. Koreyaliklar 2012 yil o‘tkazilgan London Olimpiadasida bronza medallarga ega chiqqan. Navbatdagi Olimmpiya o‘yinlarida Osiyodan to‘rtta jamoa qatnashadi: Yaponiya (mezbon), Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va ... Oxirgi jamoani ertaga bilib olamiz.

Hozircha Yevropa, Afrika va Okeaniyadan kimlar ishtirok etishi to‘liq ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Yevropa (4ta o‘rin) - Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Ispaniya.
Okeaniya (1ta o‘rin) - Yangi Zelandiya.
Afrika (3ta o‘rin) - Misr, Kot-D'Ivuar, JAR.
Osiyo (3ta o‘rin) - Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, ...
Janubiy Amerika (2ta o‘rin) - fevralda aniq bo‘ladi.
Markaziy va Shimoliy Amerika (2ta o‘rin) - mart oxirida aniq bo‘ladi.
Mezbon - Yaponiya.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio sari yo‘l: Uchinchi yo‘llanma O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasida hal bo‘ladi