00:34 / 25.01.2020
2 538

Nazorat uchrashuvi. «Nasaf» – «Regar-TadAZ» 2:0

Nazorat uchrashuvi. «Nasaf» – «Regar-TadAZ» 2:0
Avval xabar berganimizdek, bugun "Nasaf" o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida o‘zining ikkinchi nazorat uchrashuvini Tojikistonning «Regar-TadAZ» jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi ancha qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ldi. Ammo bo‘lim so‘ngiga qadar jamoalar darvozalarga to‘p kirita olishmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchisi kabi qiziqarli ruhda kechdi. 71-daqiqada mezbonlar jarima maydonchasidagi tartibsizlik tufayli Akmal Mozgovoy uchrashuvda hisobni ochishga erishdi – 1:0. 85-daqiqada mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Nozim Babajanovga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Uchrashuv hakami Firdavs Norsafarov 11 metrlik jarima to‘pini belgiladi. G‘olib G‘aybullayev penaltini bexato amalga oshirdi – 2:0.

Nazorat uchrashuvi.
24.01.2020 15:00

«Nasaf» (O‘zbekiston) – «Regar-TadAZ» (Tojikiston) 2:0
Gollar:
Akmal Mozgovoy 71ʼ, G‘olib G‘aybullayev 85ʼ p.

«Nasaf»: A. Soyibov (A. Polvonov), A. Davronov (X. Sag‘dullayev), M. Pavlik (A. Turdialiyev), G‘olib G‘aybullayev, J. Mannonov, A. Mozgovoy, S. Sagdullayev (A. Yusupov), X. Norchayev (N. Babajanov), Sh. Temirov (M. Zoirov), F. Traore (Sh. Komilov), M. Meyliyev (A. Murodillayev).

«Regar-TadAZ»: F. Boboyev, A. Xolmurodov, E. Rajabov, J. Zardiyev, Sh. Muhammadiyev, Y. Ahmedov, D. G‘aniyev, X. Uzoqov, V. Kutuzov, M. Zayniddinov, D. Ergashev.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nazorat uchrashuvi. «Nasaf» – «Regar-TadAZ» 2:0