11:35 / 25.01.2020
2 971

Mbappe: Hatto supermarketga ham bora olmayman

Mbappe: Hatto supermarketga ham bora olmayman
PSJ va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe Parijdagi mashhurlik hayoti haqida gapirib berdi.
"Ko‘chaga chiqadigan bo‘lsam atrofimda darhol juda katta olomon paydo bo‘ladi, shuning uchun endi supermarketga ham shunchaki bora olmayman.

Agar pishloq sotib olish esimdan chiqsa, bu uchun magazinga bormayman, chunki men u yerga kirishim uchun do‘konni yopishlari kerak bo‘ladi (kuladi). Endi odatiy hayot men uchun yo‘q.

Ko‘chaga aylangani yoki muzqaymoq yegani chiqadigan bo‘lsam, uni hatto yalab ko‘rishga ham ulgurmayman, chunki meni besh yuzta odam o‘rab olgan bo‘ladi. Bunga moslashib ketish oson emas, ammo bunday hayotni o‘zim tanladim, shu sabab vaziyatni to‘g‘ri qabul qilaman
", - deydi Mbappe.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe: Hatto supermarketga ham bora olmayman