13:13 / 26.01.2020
2 865

Vadim Abramov "Al Ayn"ga qarshi o‘yin uchun BAAga kimlarni olib ketdi?

Vadim Abramov "Al Ayn"ga qarshi o‘yin uchun BAAga kimlarni olib ketdi?
Xabaringiz bor, 28 yanvar kuni «Bunyodkor» Osiyo Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida safarda BAAning «Al Ayn» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Bugun erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Dubay tomon uchgan «qaldirg‘ochlar» u yerdan Al Ayn shahriga yo‘l olishadi. Jamoa Al Ayn shahridagi besh yulduzli «Ayla Grand» mehmonxonasiga joylashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Safarga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxati:
Abdumavlon Abduljalilov, Sardor Abduraimov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Davronjon Ergashev, Anvar G‘ofurov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Jasurbek Jaloliddinov, Sarvar Karimov, Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtazoyev, Bahodir Pardayev, Lutfulla To‘rayev, Hasan Yo‘ldoshev, Rasul Yo‘ldoshev, Boburbek Farhodov, Vladislav Nuriyev, Suhrobjon Yarashev.

Eslatib o‘tamiz, «Al Ayn» - «Bunyodkor» uchrashuvi 28 yanvar kuni Al Ayn shahridagi «Hazza Bin Zayed» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:40da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov "Al Ayn"ga qarshi o‘yin uchun BAAga kimlarni olib ketdi?