22:53 / 27.01.2020
2 173

Slavko Damyanovich: "Lokomotiv"ga o‘tganimdan xursandman"

Slavko Damyanovich: "Lokomotiv"ga o‘tganimdan xursandman"
"Lokomotiv"ning yangi legioneri Slavko Damyanovich klub matbuot xizmatiga jamoaga o‘tgani haqida gapirdi.
- Bunga qadar faoliyatim davomida Yevropa ligasi hamda Yevropa chempionlar ligasi saralashlarida qatnashganman. Yevropadan keyin "Lokomotiv" safiga o‘tdim. Bundan xursandman.

Mening sobiq jamoam birinchi davradan keyin 8 ochko farq bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgandi. "Buduchnost" bilan Chernogoriya chempionatidagi 19 o‘yinning 14tasida g‘alabaga erishgandik.

Bir kuni agentim qo‘ng‘iroq qilib, meni "Lokomotiv" o‘z safiga chorlayotganini aytdi. Garchi chempionatda peshqadamlik qilayotganimizga qaramay, yuqori saviyada o‘tkazayotgan ligamizni tark etishni va o‘z davlatimni o‘zgartirib, boshqa davlat futboli ob-havosidan nafas olgim keldi. Agentimga rozilik berdim. Osiyo mintaqasida o‘ynab, Osiyo chempionlar ligasida O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qilishni istadim.

"Istiqlol"ga qarshi o‘yin og‘ir o‘tdi. O‘z maydonimizda alamli tarzda mag‘lub bo‘ldik. Biroq bu futbol. Muxlislar "Lokomotiv"dan g‘alabali o‘yinlarni talab qilishlari tabiiy. Jamoa bunga o‘rgatib qo‘ygan. Endi ligada birinchi o‘rinni olish uchun o‘ynaymiz. Oldimizda tayyorgarlik uchun yana 1 oy vaqt bor.

Jamoaga ko‘nikish jarayoni ancha tezlik bilan davom etmoqda. Jamoadagilar meni o‘z oilasidagidek kutib olishdi. Shuningdek, Toshkent ham juda chiroyli shahar ekan. "Lokomotiv"dagilar bir oila bo‘lib oldik. Endi barchamiz bir maqsad yo‘lida birlashamiz.

Manba: lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Slavko Damyanovich: "Lokomotiv"ga o‘tganimdan xursandman"